BMT Turkmanistonning neytraliteti to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Dunyo

BMT Bosh Assambleyasi Turkmanistonning betarafligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qilib, uning xalqaro maydondagi maxsus maqomini tasdiqladi. Qarorda mamlakatning mintaqadagi diplomatiya va tinchlikparvarlik jarayonlaridagi asosiy roli aks etgan.

BMT Turkmanistonning neytraliteti to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida "Turkmanistonning doimiy betarafligi" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. Hujjat mamlakatning neytral maqomini tashqi siyosatning asosi sifatida mustahkamlaydi va uning mintaqaviy barqarorlik uchun muhimligini belgilaydi.

Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Aksoltan Atayeva mamlakatning betarafligi nafaqat tashqi siyosiy tamoyil, balki turkman xalqining tarixiy an’analariga asoslangan konstitutsiyaviy qonun ekanligini ta’kidladi.

Rezolyutsiya matnida BMT tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun betaraf mamlakatlar hududlaridan foydalanishni tavsiya qilgan, bu esa Turkmanistonning xalqaro diplomatiyadagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Ashxobodda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi faoliyat yuritmoqda, avvalroq Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 12-dekabrni Xalqaro neytralitet kuni deb e’lon qilgan edi.

Turkmanistonning neytral davlat sifatida tan olinishi uning mintaqada tinchlik va xavfsizlikni saqlashdagi muhim rolini tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing