BMTning Xalqaro sudi Isroilga qarshi daʼvoni ko‘rib chiqishni boshladi
Dunyo
Xalqaro Sud Isroilni genotsid va urush jinoyatlarida ayblagan Janubiy Afrikaning daʼvosini ko‘rib chiqishni boshladi.
O'tgan yilning oktyabr oyi boshidan beri Isroil armiyasi G'azo sektorida AQSh va Yevropa Ittifoqida terroristik tashkilot sifatida tan olingan HAMAS radikal Falastin guruhiga qarshi harbiy operatsiyani amalga oshirmoqda. Ushbu operatsiya oqibatida minglab falastinliklar halok bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili 7-oktyabrda jihodchilar Isroilning janubiga hujum qilgani G'azoda operatsiya boshlanishiga olib keldi, oqibatda 1 400 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortiq odam o'g'irlab ketildi va G'azoga olib ketildi. Garovga olinganlarning ba'zilari, asosan ayollar va bolalar, keyinchalik Falastin qamoqxonalaridan ozod qilindi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, HAMAS hali ham G’azoda 100 dan ortiq insonni ushlab turibdi.
HAMAS nazoratidagi Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Isroil hujumlari dastidan sektorda 22 mingdan ortiq falastinliklar, asosan ayollar va bolalar halok bo'ldi. Qator davlatlar Isroilni shafqatsizlikda ayblamoqda, boshqa tomondan Isroil armiyasi tinch aholining o'limi uchun javobgarlikni HAMASga yuklamoqda. Isroil harbiylarining ta'kidlashicha, jihodchilar o'zlarining infratuzilmasini fuqarolik binolari orasida joylashtirib, aholidan “qalqon” sifatida foydalanmoqdalar.
Gaagadagi sud jarayonining ilk kunida Isroil bayroqlari va garovga olinganlarning suratlarini ko‘targan yuzlab odamlar shahar ko‘chalariga chiqib, sud binosi tomon yo‘l olishdi. Falastin tarafdorlari ham G'azodagi qotilliklarni to'xtatishga chaqiruvchi shiorlar ko'tarib namoyish o'tkazdilar.

Powered by Froala Editor