Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
O'zbekiston
Toshkent shahar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari hududida energiya ta'minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabeli o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan, 16-oktyabrdan 15-noyabrgacha Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismida harakat cheklanishi kutilmoqda.
Mazkur ishlar davomida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida avtomobil harakati to‘xtatiladi, qolgan ikki chiziq esa transport oqimi uchun ochiq bo‘ladi. "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ ushbu vaqtinchalik noqulayliklar uchun haydovchilardan uzr so‘raydi va muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Bu o‘zgarishlar shaharning energiya ta’minotini barqarorlashtirish uchun zarur bo‘lib, rejalashtirilgan muddatlarda yakunlanishi kutilmoqda.
Bu o‘zgarishlar shaharning energiya ta’minotini barqarorlashtirish uchun zarur bo‘lib, rejalashtirilgan muddatlarda yakunlanishi kutilmoqda.
Powered by Froala Editor