Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro, Trampning inauguratsiyasida ishtirok etmaydi
Dunyo
Braziliya sudi, sobiq prezident Bolsonaruni, Trampning inauguratsiyasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Sud hukmiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga aloqadorlik tekshiruvi davomida sobiq prezidentning xorijga qochish ehtimolini oldini olish uchun uning pasporti qaytarilmadi.
Gap shundaki, Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro, davlat to‘ntarishini rejalashtirganlikda gumon qilinayotganligi sababli, Donald Trampning inauguratsiyasida ishtirok etish umididan mahrum bo‘ldi. Sud uning musodara qilingan pasportini xorijga qochish ehtimoli tufayli qaytarib bermaslikka qaror qildi.
Bolsonaruning sayohat hujjati o‘tgan yilning fevral oyida, federal politsiya tomonidan musodara qilingan edi. Chunki noyabr oyida 2019-yildan 2023-yilgacha Braziliyani boshqargan o‘ng qanot populist siyosatchi Bolsonaru chap qanotga mansub o‘rniga keluvchi prezidentning hokimiyatga kelishini to‘xtatib, o‘ng qanot davlat to‘ntarishini amalga oshirish rejasida ishtirok etganlikda gumon qilinib, rasman ayblangan gumondor shaxslardan biri hisoblanadi.
Bolsonaruning advokatlari yil boshida Oliy sudga murojaat qilib, mijoziga 20-yanvarda Trampning inauguratsiyasida ishtirok etish uchun AQShga olti kunga ruxsat berilishini so‘radi.
Biroq, iltimos rad etildi va payshanba kuni sudya Aleksandre de Moraes Bolsonaruga qo‘yilgan “jinoyatlarning jiddiyligi” uning pasportini qaytarib berish imkonini bermasligini hukm qildi.
Sud qaroridan bir kun oldin Bosh prokuror Paulo Gonet Bolsonaruning adolatdan qochishga urinishini oldini olish, omma manfaatlari uning shaxsiy manfaatlaridan ustun ekanligini ta’kidlagan edi.

Powered by Froala Editor