Bu yilgi xarajati 100 mlrd bo'lgan “Paxtakor”ga portugaliyalik yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

“Paxtakor”ning keyingi rejalari boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Portugaliyalik Pedro Moreyra Toshkentning “Paxtakor” klubida yangi bosh murabbiy sifatida ish boshlagani maʻlum qilindi. Bu haqida tribuna.uz xabar berdi. Maksim Shaskix ham klub tizimida qoladi. Yangi bosh murabbiy bilan 1+1 sxemasida shartnoma imzolangan. Unga 4 nafar hamyurti assistentlik qiladi.

Bu yilgi xarajati 100 mlrd bo'lgan “Paxtakor”ga portugaliyalik yangi bosh murabbiy tayinlandi
Anjumanda ishtirok etgan klub raisi Jahongir Ortiqxoʻjayev soʻnggi mavsumlarda jamoaga ustozlik qilib kelgan Maksim Shaskix endi klub raisi maslahatchisi sifatida ishlashda davom etishini maʼlum qilgan.

-“Shaskix klubdan ketgani yoʻq. Qatorasiga ikkita chempionlik uchun unga rahmat aytamiz. Bu mavsumda chempionlik maqsadini qoʻymagandik. U direktorlar kengashida menga maslahatchi boʻlib qoladi. Yangi murabbiy bilan esa 1+1 koʻrinishida shartnoma tuzdik va chempionlik vazifasini qoʻydik" dedi Ortiqxo'jayev.

-“Bu yilgi xarajat 100 mlrd atrofida boʻldi. Kelasi yil yanada oshadi, chunki stadion taʼmiri ham bor” deb, yangi murabbiyning maoshi ochiqlanmasligi shartnomaga kiritilganligini ham aytib o'tdi.

U bu haqida "Qancha boʻlsa ham, halollab olsin. Yangi murabbiyning ishiga hech kim aralashmasligi kerak. Uni oʻzbeklashtirib, 1 haftadan keyin choyxonadan chiqmaydigan qilib qoʻymasligimiz kerak”, dedi klub raisi.

Pedro Moreyra «Gʻoyalarim va falsafam Paxtakor bilan mos keldi. Har bir oʻyinda gʻalaba qozonish uchun mehnat qilamiz. Maqsadimiz — Elit OCHLga qaytish. Jamoaga oʻz gʻoyalarim bilan yordam berishni istayman. Maydonda hamma narsani oʻyinchilar hal qiladi. Albatta, chempionlik uchun kurashamiz”, deb taʻkidlagan.

Shuningdek Ortiqxo'jayev, Cheran, Merk va Pavlyuchenko bilan xayrlashganini, hamda “Iroq milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bashar Resan Paxtakorning dastlabki transferi bo'lishini ma'lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing