Bugun O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Sport

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralash turnirining ikkinchi bosqichidagi ishtirokini yakunlaydi. Srechko Katanets jamoasi Eronga qarshi o’yinga chiqadi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Bugun O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Qayd etish joizki, har ikki jamoa ham JCh-2026 saralash turnirining keyingi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan edi.

Osiyoning eng kuchli ikki jamoasi ishtirok etayotgan ushbu o‘yin saralash bosqichining eng muhim voqeasidir. G‘olib guruh yetakchisi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Eron - O'zbekiston uchrashuvi soat 22:00da Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing