Buyuk Britaniya qiroli Charlz III jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi
Dunyo
75 yoshli Buyuk Britaniya qiroli Charlz III prostata kattalashgani tashxisi qo‘yilganidan so‘ng jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi, amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. U hozir o‘zini yaxshi his qilmoqda, deya xabar bermoqda RBK.
26-yanvar kuni tushdan keyin monarx prostata bezining kengayishi bilan bog'liq davolanish uchun London klinikasiga yotqizilgan edi. Charlz III ga rafiqasi qirolicha Kamila hamrohlik qildi. Uning mutaxassislarga murojaat qilishi yanvar oyi o'rtalarida Bukingem saroyida e'lon qilingan edi.
Charlz III "o'tgan haftada yaxshi tilaklarni yuborgan har bir kishiga" minnatdorchilik bildirdi va uning tashxisi haqidagi ma'lumot "jamoat salomatligi haqida xabardorlikka ijobiy ta'sir ko'rsatayotganini" bilishdan mamnun bo'ldi.
Charlz III Shotlandiyada, shu jumladan xorijiy vakillar bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirilgan edi, ammo ular davolovchi shifokorning maslahati bilan keyinga qoldirilgan.

Powered by Froala Editor