Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan aktiv bombalar topildi
Dunyo
Buyuk Britaniyaning Northumberland grafligidagi Wooler shahrida bolalar o‘yin maydonchasi ostidan 176 ta Ikkinchi jahon urushidagi bombalar topildi. Ushbu kutilmagan topilma mahalliy aholida jiddiy xavotir uyg‘otdi, chunki bu maydonchada bolalar o‘ynab kelgan.
Hodisa 14-yanvar kuni sodir bo‘ldi. Scotts Park hududida ishchilar yangi o‘yin maydonchasi poydevorini qazish paytida shubhali metall obyektni aniqlashdi. Dastlab bu eski minomyot snaryadi yoki temir qoldiqlari deb o‘ylangan. Ammo politsiya va harbiy mutaxassislar tekshiruv o‘tkazgach, bu mashq bombalari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Keyingi kun esa yanada qo‘rqinchli topilmalar yuzaga chiqdi, har biri 4,5–5 kg og‘irlikdagi 65 ta bomba qazib olindi. Ikkinchi kun esa yana 90 ta bomba topildi.
Mutaxassislarning fikricha, Ikkinchi jahon urushi davrida Wooler Mahalliy Mudofaa Qo‘shinlari (Home Guard) tomonidan harbiy mashg‘ulot markazi sifatida ishlatilgan. Urush tugagach, ortiqcha o‘q-dorilar va portlovchi moddalar yer ostiga ko‘mib yuborilgan.
Oradan 80 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, bombalar zaryadlangan holda bu esa ularning istalgan vaqtda portlashi mumkinligini ko'rsatadi. Tekshiruv ishlari hali ham davom etmoqda.

Powered by Froala Editor