Cargill O‘zbekiston energetik xavfsizligiga 3 mlrd dollargacha yo‘naltiradi

Iqtisodiyot

“O‘zbekneftgaz” va Amerikaning Cargill korporatsiyasi O‘zbekistonda energetik xavfsizlikni mustahkamlash va asosiy infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun 3 mlrd dollargacha moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Mablag‘ bosqichma-bosqich 5 mlrd dollargacha oshirilishi mumkin.

Cargill O‘zbekiston energetik xavfsizligiga 3 mlrd dollargacha yo‘naltiradi
“O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro savdo va investitsiya yo‘nalishidagi sho‘ba korxonasi — UNG Overseas — Amerikaning Cargill korporatsiyasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Hujjatga ko‘ra, uzoq muddatli moliyalashtirish hajmi 3 mlrd dollargacha bo‘lib, keyinchalik 5 mlrd dollargacha kengaytirilishi mumkin.

Hamkorlikning asosiy maqsadi O‘zbekistonning energetik xavfsizligini mustahkamlash, resurs bazasining barqarorligini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir. Kelishuv energiya, suv xo‘jaligi va ekologiya kabi asosiy tizimlar ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda loyihalarni ko‘rib chiqadi:

aholi va sanoatni energiya bilan ta’minlashni kuchaytirish;

tizimli xatarlarni kamaytirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish;

energetik va suv resurslari boshqaruvi samaradorligini oshirish;

ekologik muvozanatni ta’minlash;

sanoatning raqobatbardoshligini va energiya mustaqilligini kuchaytirish.

UNG Overseas xalqaro hamkorlar bilan strategik tashabbuslarni muvofiqlashtiradi, Cargill esa global tajriba asosida moliyaviy yechimlarni taklif etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing