Centris Towers: hashamat va amaliylikni o’zida mujassam etgan yangi biznes markaz

Maxsus loyiha

9-mart tadbirkorlar va sarmoyadorlar uchun muhim kun bo'ldi, boisi poytaxtimizning qoq markazida joylashgan Centris Towers hayratomuz biznes markazining sotuvi yo’lga qo’yildi.

Centris Towers: hashamat va amaliylikni o’zida mujassam etgan yangi biznes markaz
Zamonaviy bino “Poytaxt” savdo markaziga yaqin joyda, Amir Temur haykalidan bir oz narida joylashgan bo'lib, biznes va dam olish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

Centris Towers nafaqat yaxshi joylashuvni, balki turli xil qulayliklarni, jumladan, fitnes markazi, savdo markazi, avtomobil yuvish va hatto avtosalonni taklif etadi, bu esa muvaffaqiyatli biznes uchun noyob ekotizimni yaratadi.

Tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirgan holda, yangi biznes markaz 752 ta mashinaga mo’ljallangan avtoturargohni taqdim etadi, bu esa ushbu ulkan loyihaga amaliylik bag’ishlaydi. Poytaxt ishbilarmonlik hayotida yangi davrni boshlab beradigan markazning qurilishi 2025-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing