Centrum Air bortlarda bulutli ko‘ngilochar tizimni joriy etmoqda
O'zbekiston
Centrum Air Centrum Media bulutli ko‘ngilochar tizimini ishga tushirmoqda. Platforma allaqachon ilk uchta havo kemasida (UK32074, UK32131 va UK32130) ishlamoqda va yil oxiriga qadar butun flot bortlarida joriy etiladi. Centrum Media yo‘lovchilarga smartfon, planshet yoki noutbukdan maxsus ilovani oʻrnatmagan holda Wi-Fi-portalga ulanish imkoniyatini taqdim etadi – QR-kodni skaner qilish kifoya. Platformadan filmlar, podkastlar, jurnallar kataloglari, reys haqidagi maʼlumotlar va tez-tez beriladigan savollar oʻrin olgan.
Bundan tashqari, yangi tizim oʻrindiqni tark etmagan holda qurilmaning oʻzidan qoʻshimcha yengil tamaddi va ichimliklar buyurtma qilish imkonini beradi.
Yangi platformada yo‘lovchilar parvozga, ekipaj ishiga va servis darajasiga baho berishlari hamda izoh qoldirishlari ham mumkin. Ushbu funksiya ochiq va shaffof qayta aloqa kanalini yaratadi hamda sayohatchilarning kutilmalarini yanada yaxshiroq tushunishimizga yordam beradi. Olinadigan fikr-mulohazalar mahsulot yechimlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi va Centrum Air’ga o‘ z yo‘lovchilariga ochiq hamda e’tiborli bo‘lgan holda yuqori sifat standartini saqlab qolish imkonini beradi.
Tizim ishga tushirilishi bilan bir vaqtda Centrum Travel Media jurnalining yangi – qishki soni ham taqdim etildi. Mazkur son «havo» mavzusiga bagʻishlandi – erkinlik makoni va ilhom manbai sifatida. Jurnaldan Centrum Airʼning ilk ayol uchuvchisi bilan katta intervyu hamda osmonning tutash nuqtasini izlayotgan inson va nima sababdan osmon uchun javobgarlik har birimizdan boshlanishi haqidagi hikoyalar joy olgan. Yangi son aviakompaniyaning sayohatchilar uchun oʻz media platformasini shakllantirish hamda xalqaro standartlar va ESG meʼyorlarini joriy etish istagida qatʼiy ekanini taʼkidlaydi.
Bundan tashqari, aviakompaniya 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha – Centrum Select, ya’ni oʻz onlayn-do‘koni ustida ham ish olib bormoqda. Bu yerdan yo‘lovchilar eksklyuziv mahsulotlar: samolyot modellari, logotipli shopperlar, remuvkalar, aviakompaniya maskoti breloklari va boshqa kolleksion mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur loyiha brendning yagona ekotizimini rivojlantirish borasidagi ishlarning bir parchasiga aylanadi va sayohatchilarga Centrum Air’ning bir bo‘lagini o‘zlari bilan olib ketish imkonini beradi.
Centrum Air sayohatlarni qulaylashtirib, aviakompaniyaning mintaqadagi pozitsiyalarini mustahkamlovchi texnologik yechimlarni joriy qilishda davom etadi.

Powered by Froala Editor