Sindarov Pretendentlar turniri tarixini yangilamoqda

Sport

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amerikalik shaxmatchi Hikaru Nakamura ustidan sensatsion g‘alabaga erishib, Pretendentlar turniri 2026da tarixiy rekord o‘rnatdi va turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Sindarov Pretendentlar turniri tarixini yangilamoqda
Beshinchi turda u qora donalarda o‘ynab, to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘ardi — bu turnir tarixidagi eng yaxshi start hisoblanadi.

Partiyaning hal qiluvchi lahzasi debyutda yuz berdi: Hikaru Nakamura 13-yurish ustida bir soatdan ortiq vaqt sarfladi, biroq optimal davomni topa olmadi. Javohir Sindarov tashabbusni qo‘lga olib, vaqt va pozitsion ustunlikka erishdi hamda partiyani ishonchli yakunladi.

Avvalroq u yana bir kuchli raqib — Fabiano Karuana ustidan ham g‘alaba qozongan edi, bu esa uning yetakchiligini yanada mustahkamladi.

Natijada Sindarov nafaqat turnirda yetakchilikni qo‘lga kiritdi, balki faoliyatida ilk bor jahon reytingida top-5 talikka kirdi.

Turnir Kiprda 29-martdan 15-aprelgacha bo‘lib o‘tmoqda. G‘olib amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi chempionlik bahsida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Keyingi turda Javohir Sindarov xitoylik grossmeyster Vey I (Wei Yi) ga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing