Centrum Air floti yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi
O'zbekiston
Centrum Air aviakompaniyasi yangi Airbus A321neo samolyotini qabul qilib oldi. Mazkur layner aviatashuvchi parkidagi 14-havo kemasi boʻldi. Ro‘yxat raqami UK32133 bo‘lgan samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan (Sloveniya) uchib keldi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Airbus A321neo — yangi avlodga mansub zamonaviy o‘rta masofali samolyot bo‘lib, Airbus A320 oilasining avvalgi modellariga qaraganda yuqori yoqilg‘i tejamkorligi va parvoz masofasining uzaytirilganligi bilan ajralib turadi. Yangi dvigatellar va takomillashtirilgan aerodinamikadan foydalanish yoqilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar darajasini kamaytirish imkonini beradi, bu esa aviakompaniyaning barqaror rivojlanish strategiyasiga mos keladi.
Samolyotning to‘liq ekonom-klass tipidagi 221 yo‘lovchi o‘rniga mo‘ljallangani uni yuqori talabga ega bo‘lgan reyslarni amalga oshirish uchun maqbul yechimga aylantiradi. Airbus A320 bilan solishtirganda uzaytirilgan parvoz masofasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va havo kemasidan uzoqroq yo‘nalishlarda foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
Centrum Air kompaniyasi Airbus A321neo samolyotidan Uzoq Sharq, Yevropa va yuqori sig‘im hamda parvoz masofasi talab etiladigan boshqa xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.
Yangi samolyotning qabul qilib olinishi aviakompaniyaning barqaror o‘sish va faol rivojlanish strategiyasi doirasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Centrum Air izchil ravishda flotini kengaytirib, zamonaviy va samarali havo kemalariga investitsiya kiritmoqda, bu esa operatsion samaradorlikni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.
Yaqin kunlarda Airbus A321neo muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. 2026-yil yakuniga qadar aviakompaniya havo kemalari parkini 22 taga yetkazish, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va xalqaro aviatashuvlar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashni rejalashtirgan.

Powered by Froala Editor