Chexiyada O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Biznes-forum yakunlari bo‘yicha muhim ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi va imzolandi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi doirasida bugun Praga shahrida O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi o‘tkazildi.
Ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirok etgan biznes-forumda Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Biznes-forum yakunlari bo‘yicha muhim ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi va imzolandi. Xususan, ular orasida quyidagilar bor:
– siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ishonchni oshirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollarini nazarda tutuvchi kengaytirilgan hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Shaxslarning readmissiyasi va tranziti to‘g‘risida Bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to‘g‘risida Bitim va boshqalar.

Powered by Froala Editor