Davlatimiz rahbari Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida Oʻzbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha umummilliy harakatga start berish marosimida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari bugun dunyo shiddat bilan oʻzgarayotgani, raqamli texnologiyalar, zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellekt hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganini taʼkidladi. Bunday murakkab sharoitda insonning mustaqil fikrlay olishi eng katta ustunlik ekani qayd etildi.
– Kitob oʻqiydigan odam teran va sogʻlom fikrlaydi. Bunday tafakkurga ega inson esa jamiyatni oʻzgartira oladi, – dedi Prezident.
Taʼkidlanganidek, Yangi Oʻzbekistonda mutolaa madaniyati va kitobga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilmoqda. Kitobxonlik faqat taʼlim masalasi emas, balki millat kelajagi, xalqimizning maʼnaviy qudrati va mamlakat raqobatbardoshligini taʼminlaydigan muhim omildir.
Davlatimiz rahbari ulugʻ ajdodlarimiz – Imom Buxoriy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek kabi mutafakkirlar insoniyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshganini qayd etdi. Ularning yuksak marralarga erishishida ilmga intilish va kitob mutolaasi asosiy manba boʻlgan.
Shu maʼnoda, mamlakatimiz xalqaro maydonda qudratli va yuksak salohiyatli xalq sifatida oʻzini namoyon etishi uchun ikki mustahkam asosga tayanishi zarurligi taʼkidlandi. Bular – bebaho ilmiy va maʼnaviy merosimiz hamda zamonaviy ilm-fan va ilgʻor texnologiyalardir.
Prezidentimiz oʻz faoliyatining dastlabki kunlaridan yoshlarni kitobga oshno qilish, ularda bilimga mehr va ragʻbat uygʻotishga ustuvor ahamiyat qaratib kelayotganini taʼkidladi. 2017-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi millionlab yoshlarni kitobga yaqinlashtirdi. “Yosh kitobxon oila” tanlovi esa mutolaa muhitini har bir xonadonga olib kirishga xizmat qilmoqda.
Joriy yil boshida qabul qilingan qaror asosida eng faol kitobxonlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyildi. Kuni kecha “Yosh kitobxon” tanlovining navbatdagi respublika bosqichi yakunlandi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 42 nafar eng bilimdon va zukko yoshlar oʻz iqtidori va salohiyatini namoyon etdi. Tanlovning uch nafar gʻolibi Prezident sovgʻasi – zamonaviy avtomobillar bilan taqdirlandi.
Davlatimiz rahbari gʻoliblarni, ularning ustozlari va ota-onalarini samimiy tabriklab, bunday iqtidorli, izlanuvchan va bilimga chanqoq yoshlar Yangi Oʻzbekistonning haqiqiy tayanchi ekanini taʼkidladi.
Marosimda kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajribaga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklarida 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan boshlangan “Arab kitobxonlik tanlovi” dasturi bugungi kunda jahondagi eng yirik maʼrifiy harakatlardan biriga aylangani qayd etildi. Qisqa vaqt ichida ushbu tashabbus 200 milliondan ortiq oʻquvchini qamrab olgan.
Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi yaqin doʻstlik va strategik sheriklik doirasida ushbu ezgu gʻoyani milliy maʼnaviy merosimiz asosida yurtimizda yangi bosqichga olib chiqishga qaror qilindi.
Shu maqsadda “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi boshlanmoqda. Davlatimiz rahbari kuni kecha ushbu dasturni davlat miqyosida faol qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida farmoyish imzolaganini qayd etdi.
Endilikda har yili mazkur tadbirning final bosqichi Prezident darajasida oʻtkaziladi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. Bosh sovrin sohibi 50 ming dollar bilan taqdirlanadi. Bu yurtimiz tarixida kitobxonlik boʻyicha eng salmoqli mukofot boʻladi.
Mazkur harakat mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Unda umumtaʼlim maktablarining 1-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Prezidentimiz ushbu tashabbus maktablar, oilalar va butun jamiyatda kitobxonlik muhitini kuchaytirish, yoshlar qalbida yangi bunyodkorlik ruhini uygʻotishga xizmat qilishini taʼkidladi.
– Men ushbu dasturni shunchaki kitob oʻqish musobaqasi emas, balki jonajon Vatanimiz kelajagi uchun strategik investitsiya deb bilaman. Agar biz bugun bolalarimizning qoʻliga yaxshi kitob bersak, ertaga ular Yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga albatta qodir boʻladilar, – dedi davlatimiz rahbari.
Marosimda Prezidentimiz barcha oʻquvchi-yoshlar, ustozlar, ota-onalar va keng jamoatchilikni ushbu umummilliy harakatda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Kitob oʻqigan, bilimga intilgan va ezgu maʼnolarni anglagan millat hech qachon yengilmasligi taʼkidlandi. “Ilmdan boshqa najot yoʻq” degan maʼrifatparvar ajdodlarimiz gʻoyasini butun mamlakat miqyosida hayotga tatbiq etish muhimligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor