Medvedev Xоmеnеiy vafotidan so‘ng Eron birlashganini aytdi
Dunyo
Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xomеnеiyning halok bo‘lishi ortidan yuzaga kelgan motam tashqi bosim fonida Eron jamiyatini birlashtiruvchi omilga aylandi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Juma kuni rossiyalik siyosatchi Ali Xomеnеiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi. Tadbirdan lavhalar Medvedevning Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Marosimda so‘zga chiqqan Medvedev Eron xalqiga hamdardlik bildirib, Rossiya sobiq oliy rahbarning fojiali halokati munosabati bilan eronliklarning qayg‘usiga sherik ekanini ta’kidladi.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, boshdan kechirilgan fojia Eron xalqining yanada jipslashishiga xizmat qildi. U mamlakat AQSh va Amerika pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan davlatlar bosimiga bo‘ysunmaganini qayd etdi.
Bayonot Ali Xomеnеiy bilan vidolashuv marosimlari va Erondagi vaziyatning keyingi rivojiga xalqaro e’tibor kuchaygan bir paytda yangradi.

Powered by Froala Editor