“Do‘stuk” chegara postida (Qirg‘iziston) TIR/TIR-EPD ustuvor tizimi ishga tushirildi

Iqtisodiyot

2023-yil 5-oktabr kuni “Do‘stuk” chegara bojxona postida (Qirg‘iziston) Turkiy davlatlar tashkiloti (OTS), Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) va Qirg‘iziston Respublikasi Davlat bojxona xizmatining qo‘shma faoliyati natijasida, TIR/TIR-EPD ustuvorligi ishga tushirildi.

“Do‘stuk” chegara postida (Qirg‘iziston) TIR/TIR-EPD ustuvor tizimi ishga tushirildi
Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-yil 12-noyabrda boʻlib oʻtgan Samarqand sammitida prezidentlar transport va tranzit tartib-qoidalarini raqamlashtirish boʻyicha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatladilar hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida raqamli TIR loyihasini kengaytirish, shuningdek, “yashil yoʻlaklar”ni yaratishni ijobiy baholadilar. Prezidentlar bojxonada raqamli vositalarni yanada tatbiq etish orqali mintaqaviy integratsiya bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni davom ettirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu nuqtai nazardan, raqamlashtirish yo‘lidagi bunday muhim qadam a’zo davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shib, turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish va kengaytirish, mintaqaviy savdoni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing