Bloomberg: fon der Lyayen va Zelenskiyning Nyu-Yorkdagi uchrashuvi keskin kechdi
Dunyo
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi keskin kechgan. Bloomberg bu haqda muzokaralar mazmunidan xabardor manbaga tayanib xabar berdi. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Kiyevga keyingi moliyaviy yordam shartlari bo‘lgan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, YI vakillari Ukraina tomoniga yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq tushumlarini oshirish va Ukraina qonunchiligini Yevropa Ittifoqi me’yorlariga yaqinlashtirish bo‘yicha yangi qonunlarni qabul qilishda taraqqiyot zarurligini bildirgan. Bu talablar Kiyevga keyingi moliyaviy yordam ajratilishi masalasi bilan bog‘langan.
Uchrashuvdan so‘ng fon der Lyayen ham budjet yordami va islohotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochiq tasdiqladi. U X tarmog‘ida: «Mudofaa yordami ko‘proq bo‘ladi. Va Oliy Radada islohotlar ilgari siljigan sari budjet yordami ham ortadi. Joriy kalendar yilida bizda hali €37 mlrd bor», deb yozdi.
Ukraina hamkorlaridan taxminan €26 mlrd miqdoridagi kutilmagan budjet taqchilligini qoplashda yordam so‘ramoqda. Shuningdek, Kiyev 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan €90 mlrd miqdoridagi avval kelishilgan YI kreditini tezlashtirishni so‘ragan. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, YI Ukraina hisob-kitoblarining ayrim qismlariga e’tiroz bildirgan va qo‘shimcha moliyalashtirishda Kanada, Norvegiya hamda Yaponiya ham ishtirok etishi kerak, deb hisoblamoqda. Tomonlar muzokaralarni 7–10 kundan keyin davom ettirishni rejalashtirgan.
Ukrainaning rasmiy bayonotiga ko‘ra, Zelenskiy va fon der Lyayen 2026 va 2027 yillarda mamlakatning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar masalasini muhokama qilgan. Zelenskiy €90 mlrd miqdoridagi kredit bo‘yicha YI qarori uchun minnatdorlik bildirgan va qo‘shimcha moliyaviy yordam mexanizmlari ustida ishlashga kelishilganini ma’lum qilgan.
Muzokaralarda sanksiyalar ham muhim mavzu bo‘lgan. Ukraina tomoni qishda Rossiya hujumlari kuchayishi va havo mudofaasi vositalari yetishmasligidan xavotir bildirgan, shuningdek, YI tomonidan ikki rossiyalik tadbirkorga nisbatan sanksiyalar bekor qilinganiga e’tibor qaratgan. Uchrashuvni «keskin» deb baholash esa Bloomberg manbasiga tegishli.

Powered by Froala Editor