«Dovud ota» nazorat punkti vaqtincha yopiladi
O'zbekiston
2025-yil 1-fevraldan boshlab uch oy davomida «Dovud ota» chegara postidan fuqarolar va transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu cheklovlar Qozog‘iston hududidagi «Tajen» chegara postida boshlangan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalariga chegara orqali harakatlanishga ruxsat beriladi.
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun muqobil yo‘nalishlar sifatida «Yallama», «Zangiota (Navoiy bojxona posti)», «Oq oltin» va «Malik» chegara postlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
«Tajen» chegara postida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari infratuzilmani yaxshilash va o‘tkazish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ikki mamlakat o‘rtasidagi harakatni tezlashtirish va soddalashtirish kutilmoqda.

Powered by Froala Editor