Eksport hajmi $50 milliondan oshgan korxonalarga $10 million dollargacha pul ajratiladi

Biznes

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, minglab ish o‘rinlari tashkil etish va mahsulot eksportiga hissa qo‘shayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash niyatini bildirdi.

Eksport hajmi $50 milliondan oshgan korxonalarga $10 million dollargacha pul ajratiladi
Zarbdor tumanidagi “DM-1” kanalidan suv ichadigan Istiqbol, Nurafshon, Namuna, G‘alaba mahallalarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinsa, dehqonlarning 1 ming gektar yerida, shuningdek, tuman yoshlariga bo‘lib berilgan 3 ming gektarda qovun yetishtirish va uni qayta ishlash orqali 28 million dollar eksport qilish mumkinligi ta’kidlandi. Shunday sug‘orish tarmog‘ini Zomin tumaniga ham tortib borish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari minglab ish o‘rinlari yaratadigan, eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi. Mutasaddilarga eksport hajmi 50 million dollardan oshgan korxonalarga aylanma uchun 10 million dollargacha resurs ajratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, Prezident viloyat bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi. Jizzaxda tomorqalarni ishga solish bo‘yicha 309 ta mahallaga lider tadbirkor–eksportchilar biriktirilishi belgilandi.

Banklar lider tadbirkorlarga aylanma uchun 3 yil muddatga 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratadi, byudjet hisobidan agronom jalb qilish, o‘qitish, mahallada yig‘ish, saqlash va quritish punktlarini tashkil qilish uchun 1 milliard so‘mgacha grantlar beradi, xonadonlarga Oilaviy tadbirkorlik dasturidan 33 million so‘mdan, “Biznesga birinchi qadam” dasturidan 17 million so‘mdan kredit ajratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing