Emmanuel Makron Samarqandga yetib keldi

O'zbekiston

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Emmanuel Makron Samarqandga yetib keldi
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston bilan Fransiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi.

Oʻzbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qoʻshma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar.

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investitsiyaviy kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing