Endi tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan beriladigan dori-darmonlar soni ortadi
O'zbekiston
2024-yil 29-dekabr kuni Prezidentning “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-408-son) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartib va ro‘yxat asosida quyidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat xaridi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshirilishiga ruxsat beriladi:
original dori vositalari (ularning ishlab chiqaruvchisi yoki rasmiy yetkazib beruvchisi orqali);
yopiq turdagi laboratoriya uskunalari uchun maxsus reagentlar, reaktivlar va sarf materiallari;
shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “O‘zmedimpeks” va “Tibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish markazi” negizida Xaridlar markazi va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.
Shuningdek, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlash, ularning manzilli yetkazib berilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.

Powered by Froala Editor