Eng yirik gumanitar yordam markazi yopilishidan ko‘proq zarar ko‘radigan davlatlar
Dunyo
Millionlab odamlarni oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlagan eng yirik yordam markazi o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Qaysi davlatlar birinchi bo‘lib zarbani sezadi va bu millionlab odamlarga qanday xavf tug‘diradi?
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) milliarder Ilon Mask boshchiligidagi hukumatning xarajatlarni qisqartirish dasturining asosiy nishoniga aylandi.
AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati USAID agentligining xorijiy davlatlarga ajratiladigan grantlarining 90 foizdan ortig‘ini bekor qilishni buyurdi va umumiy qiymati qariyb 57 milliard dollar bo‘lgan 500 ta grantni saqlab qoldi. Bu haqda federal sud da’volaridan biridagi materiallarga tayanib, CNN yozmoqda.
Dunyodagi eng yirik gumanitar markazlardan birining faoliyati to‘xtatilishi millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga soladi. Bu markaz Afrika, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oziq-ovqat, dori-darmon va favqulodda yordam bilan ta’minladi.
Eng katta zarba insonparvarlik yordami yetkazib berilishiga bog‘liq bo‘lgan hududlarga tushadi. Ular orasida Yaman, Sudan, Afg‘oniston, Suriya va Afrikaning bir qancha davlatlari bor, ular hozirdanoq o‘tkir oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirmoqda. Muqobil ta’minotsiz vaziyat falokatga aylanishi mumkinligi haqida xalqaro tashkilotlar ogohlantirmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri insonparvarlik yordamiga bog‘liq bo‘lmagan mamlakatlar qatoriga kirmasa-da, O‘zbekiston uchun buning oqibatlari boshqa formatda namoyon bo‘lishi mumkin. Markazning yopilishi qo‘shni Afg‘onistonda beqarorlikni kuchaytiradi, bu esa qochqinlar oqimining ko‘payishiga va mintaqaga bosimning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu iqtisodiyotga, ayniqsa, tovar ayirboshlash va logistikaga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Jahon gumanitar tuzilmalari hozircha inqirozdan chiqish yo‘lini topa olmadi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, yaqin oylarda dunyo nafaqat zaif mamlakatlarga, balki ularning qo‘shnilariga ham ta’sir ko‘rsatadigan yangi tahdidlarga duch keladi.

Powered by Froala Editor