Erdo‘g‘an G‘azodagi zo‘ravonlikni qoralab, genotsidni to‘xtatishga chaqirdi

Dunyo

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azodagi zo‘ravonliklarni qoralab, dunyo hamjamiyatini zudlik bilan genotsidni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb yozmoqda “Anadolu” agentligi.

Erdo‘g‘an G‘azodagi zo‘ravonlikni qoralab, genotsidni to‘xtatishga chaqirdi
Uning ta'kidlashicha, hech qanday diniy va siyosiy e'tiqodlar, ayniqsa, begunoh fuqarolarga nisbatan shafqatsizlikni oqlamaydi. “Hech bir e’tiqod begunoh fuqarolarni chodirlarda kuydirishni oqlamaydi”, — dedi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘an, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining ba’zi doimiy a’zolari tomonidan Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish jarayoniga to‘siq qo‘yganidan noroziligini bildirdi. "BMTga a'zo 193 davlatning aksariyati Falastinni davlat sifatida tan oladi. 147 mamlakatning jamoaviy qarori 5 mamlakatning ixtiyoriga berilishi mumkin emas. 147 beshdan ortiq", — dedi u.

Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 36 200 nafarga yaqinlashmoqda.

2023-yil 7-oktyabr kuni G‘azo sektoridan HAMAS jangarilarining Isroil hududiga kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va 240 dan ortiq kishi garovga olinganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Bunga javoban Isroil G‘azoda HAMASning harbiy-siyosiy tuzilmasini yo‘q qilish va o‘g‘irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida harbiy operatsiya boshladi. 2023-yil noyabr oyi oxirida Misr va Qatar vositachiligida bir hafta davom etgan vaqtinchalik gumanitar sulh tuzildi va shu vaqt ichida Isroil ma'lumotlariga ko'ra, 110 garovga olingan shaxs ozod qilindi. 1-dekabr kuni sulh buzildi va janglar qayta boshlandi va hozirgacha davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing