Erdo‘g‘on Eron atrofidagi mojaro fonida sulh va muloqotga chaqirdi
Dunyo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Eron atrofidagi mojaro keskinlashuvi fonida zudlik bilan sulh e’lon qilish va diplomatik muloqotni boshlash zarurligini bildirdi.
U Anqarada “Adolat va taraqqiyot partiyasi” rahbariyati bilan iftor marosimida so‘zga chiqib, Turkiya eron xalqining dardini baham ko‘rishini ta’kidladi. Fuqarolar va begunoh insonlarning aziyat chekayotgani tashvish uyg‘otayotganini qayd etdi.
Erdo‘g‘on Turkiya barcha darajalarda diplomatik aloqalarni faollashtirishini va mintaqada barqarorlik tiklanmaguncha sa’y-harakatlarni davom ettirishini ma’lum qildi. U noqonuniy hujumlarni qoralab, mojaro davom etsa, bu mintaqaviy va global xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ogohlantirdi.

Powered by Froala Editor