Erkin Vohidovning «O‘zbegim» asari she’riyat, musiqa va sun’iy intellektni birlashtirdi
O'zbekiston
Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasi sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yangi musiqiy va vizual talqinda namoyish etildi. Loyiha Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda she’riyat, musiqa, tarixiy obrazlar va zamonaviy vizual texnologiyalar birlashtirilgan.
Asarning musiqiy talqinini AI ijodkori Aibek ijro etdi. Klipning vizual qismi esa birlashma ijodkorlari tomonidan zamonaviy raqamli san’at vositalari va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan.
Loyiha markazida o‘zbek adabiyotining eng taniqli asarlaridan biri bo‘lgan «O‘zbegim» qasidasi turadi. Asarda milliy g‘urur, tarixiy xotira, o‘zlik va xalq ruhi badiiy ifodalangan. Ijodkorlar ushbu mazmunni zamonaviy ekran tili orqali yetkazishga intilgan.
Klipning yagona vizual hikoyasida o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi, milliy qiyofasi, tabiati va turli davrlarga mansub obrazlar aks ettirilgan. Unda buyuk sarkardalar, allomalar va jadid bobolarimiz siymolari ham gavdalantirilgan. O‘tmish manzaralari sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida qayta tasavvur qilinib, tarixiy mavzular zamonaviy vizual vositalar bilan uyg‘unlashtirilgan.
«O‘zbegim» faqat ma’lum bir tarixiy davrni tasvirlovchi asar sifatida emas, balki asrlar davomida shakllangan tarixiy xotira, milliy o‘zlik, madaniyat va avlodlar davomiyligini aks ettiruvchi asar sifatida talqin qilinadi.
Klipning asosiy maqsadi ushbu tuyg‘ularni zamonaviy ekran tili orqali qayta his qildirish va o‘zbek klassik adabiyotini yangi avlodga yangi shaklda yetkazishdan iborat. So‘z, musiqa va tasvir uyg‘unligi yagona badiiy hikoyani yaratadi.
Loyiha rejissyori — Rauf Nabiev. AI ijodkor va ijrochi — Aibek. Tarixshunos — Ozodbek Rajabov. Sun’iy intellekt mutaxassislari — Davron Aliyev, Mirvosil Zokirov va Xasan Shokirov. AI musiqani Farxod Badalov yaratgan.

Powered by Froala Editor