Eron Turkmanistondan Ozarbayjonga gaz almashinuvini oshirdi

Iqtisodiyot

Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, ayni paytda ayirboshlash hajmi 7-7,5 million kub metrgacha oshgan.

Eron Turkmanistondan Ozarbayjonga gaz almashinuvini oshirdi
Eron turkman gazini Ozarbayjonga yetkazib berish kunlik hajmini 4,5-5 million kub metrdan 7-7,5 million kub metrga oshirdi. Bu haqda Eronning Turkmanistondagi elchisi G‘ulom Abbos Arbob Xales TASS'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Turkman gazini Eron hududi orqali yetkazib berishga kelsak, shartnomalarimizni ko‘rib chiqishimiz kerak. Lekin kelishuvlarga ko‘ra, Ozarbayjonga kuniga 4,5-5 million kub metr gaz yetkazib beramiz. Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, ayni paytda ayirboshlash hajmi 7-7,5 million kub metrgacha oshdi. Serah liniyasida yetkazib berish imkoniyati kuniga 20 million kub metrgacha ko‘paydi”, deydi elchi.

Avvalroq ommaviy axbort vositalari Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron o‘zaro gaz yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi. 2021 yil noyabr oyida Ashxobodda Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron o‘rtasida muddatsiz uch tomonlama bitim imzolangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing