Erondagi terakt haqida nimalar ma'lum?
Dunyo
Eron sog‘liqni saqlash vaziri Bahram Eynolahiy Kirmon shahridagi qabriston yaqinida portlashlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Eron ommaviy axborot vositalari esa 211 nafar kishi jarohatlangani, ulardan 27 nafarining ahvoli og'ir ekani haqida yozmoqda. Rasmiylar voqeani terakt sifatida baholadi.
Nima sodir bo‘ldi?
Kirmon viloyati Golzar-e Shohada qabristonida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Quds kuchlari qo‘mondoni (Qurolli kuchlarning elit bo‘linmalari) general Qosim Sulaymoniy vafotining 3 yilligi munosabati bilan ushbu voqeaga bag‘ishlangan marosimda ikkita portlash sodir bo‘ldi. “Tasnim” agentligi maʼlumotlariga koʻra, birinchi portlash Sulaymoniy qabridan 700 metr uzoqlikda, ikkinchisi yodgorlikdan taxminan 1 km uzoqlikda sodir boʻlgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida kamida 103 kishi halok bo‘lgan, 170 dan ortiq kishi jarohatlangan. Eron favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qurbonlar orasida kamida olti nafar bola borligini ma’lum qildi. Uch politsiyachi ham halok bo‘lgan.
Rasmiylar qanday munosabatda?
• Eronning Kirmon viloyati gubernatori o‘rinbosari portlashlarni terrorchilik harakati deb baholadi, deb xabar bermoqda “Nour News” portali.
• Eron hukumati 4-yanvarni portlashlarda halok bo‘lganlar uchun milliy motam kuni deb e’lon qildi.
• Eron prezidenti Ibrohim Raisi aybdorlarni jazolashga va'da berdi.
• Xalqaro Qizil yarim oy jamiyatining Eron bo‘limi yaradorlardan ko‘pchiligining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qildi.
Xalqaro munosabat qanaqa?
• Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy va Raisiga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi. Rossiya rahbari Moskva terrorizmni keskin qoralashi va unga qarshi murosasiz kurash olib borish tarafdori ekanini ta’kidladi.
• Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti portlashlarda AQSh va Isroilning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
• Germaniya sodir bo'lgan voqeani qoraladi.
• Hizbulloh yetakchisi Shayx Hasan Nasrullohning aytishicha, Sulaymoniy nomi hali ham uni o‘ldirganlarni ta’qib qilmoqda.
• Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Raisiga hamdardlik bildirdi.
• Xamanaiy qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, hujumchilarning harakatlariga qattiq javob berishni va’da qildi .
• BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish portlashlarni keskin qoraladi .
• Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Eronga hamdardlik bildirdi.
• Isroil ittifoqchilarini portlashlarga aloqador emasligiga ishontirmoqda.
Sulaymoniyning o'limi
Sulaymoniy 2020-yil 3-yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh harbiy-havo kuchlarining raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi. Bu 8-yanvarga o'tar kechasi Eronning Amerika qo'shinlari joylashgan ikkita obyektga javob zarbasi berishiga sabab bo‘ldi va Yaqin Sharqda keskinlikni keltirib chiqardi.

Powered by Froala Editor