Ertaga Baxtiyor Saidov Xitoyga boradi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri 19−22-noyabr kunlari Xitoyda Tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

Ertaga Baxtiyor Saidov Xitoyga boradi
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida TIV rahbarlari Xitoy va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqotni o‘tkazadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing