Ertaga havo 30 darajagacha isiydi

O'zbekiston

Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) 22-mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Ertaga mamlakat bo‘ylab havo harorati sezilarli darajada ko‘tariladi, ba’zi hududlarda esa 30 darajagacha ko'tarilishi kutilmoqda.

Ertaga havo 30 darajagacha isiydi
Toshkent va markaziy hududlar
Poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi esa 25-27 darajagacha ko‘tariladi.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham ob-havo shunga o‘xshash bo‘lib, kunduzi harorat 22-27 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi esa 12-17 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Bu hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi esa 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo
Ushbu janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Eng issiq harorat shu hududlarda kuzatiladi: kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi esa 25-30 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi esa 22-27 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘li hududlar
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shuningdek, qor ko‘chishi xavfi borligi haqida ogohlantirilmoqda. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing