Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi – Yangi Oʻzbekistonning durdonasi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakuniga yetgan bunyodkorlik ishlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Majmua davlatimiz rahbari tashabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqei, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Ziyoratchilarga har tomonlama qulay sharoit yaratildi.
Xususan, majmua qoshida turizm markazi ochildi. Yondosh 15 gektar maydonda zamonaviy infratuzilma yaratilib, shinam mehmonxonalar, xizmat koʻrsatish va servis nuqtalari barpo etildi. Jumladan, 1 ta 115 oʻrinli toʻrt yulduzli, 2 ta uch yulduzli, 22 ta 176 oʻrinli oilaviy mehmon uylari hamda avtoturargoh qurilgan. Mazkur obyektlar toʻliq kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanib, hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Natijada Imom Buxoriy majmuasi ilgari bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat koʻrsatgan boʻlsa, hozir kuniga 65 ming nafar ziyoratchini qabul qilish quvvatiga ega.
Majmuaning oʻzi Samarqandning, yangi Oʻzbekistonning durdonasi boʻlib qad rostladi. Uning maydoni 45 gektarni tashkil etadi. 10 ming kishiga moʻljallangan ulkan masjid, maʼmuriyat binosi, 154 ustunli, milliy uslubdagi muhtasham ayvon qurildi.
Ziyoratgohning qoq markazida Imom Buxoriy bobomizning tabarruk maqbarasi oʻrin olgan.
Majmua tarkibida eng ilgʻor axborot texnologiyalari asosida 9 pavilyondan iborat noyob innovatsion muzey barpo etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya eʼtirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom maʼrifati rivojiga qoʻshgan hissasini namoyon etadi. Shuningdek, muzeyda Qurʼoni karimda ismlari zikr qilingan 25 paygʻambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.
Qadamjoda 14 ta moviy gumbaz, 75 metrlik 4 ta minora unga ulugʻvor qiyofa bagʻishlab turibdi.
Davlatimiz rahbari turizm markazi va masjidda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Maʼlumki, bir yarim ming yillik islom tarixini, ilm-maʼrifatini yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk olim-u ulamolarning nomlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shu kunlarda rasman ochilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham bu haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi.
Butun musulmon olamida hadis ilmi haqida gap ketsa, hech shubhasiz, bizning diyorimiz birinchilar qatorida tilga olinadi. Chunki Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk hadisshunos olimlar aynan mana shu zamin farzandlaridir.
Xususan, Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” kitobi dunyoda tan olingan eng moʻtabar oltita hadis kitobining biridir. Oʻn yoshidan boshlab hadis ilmini oʻrgangan alloma bobomiz 20 dan ortiq asar yozganlar. Ular to hanuz din-u diyonatimizni mustahkamlash yoʻlida islom ummatiga xizmat qilib kelmoqdalar.
Prezidentimiz har gal Samarqandga kelganida majmuaning qurilish jarayoni bilan tanishib, bu joy faqat ziyorat emas, ilm-maʼrifat, tarbiya va ibrat maskani boʻlishi, Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna boʻlishi kerakligini taʼkidlagandi.
– Ushbu betakror qurilish yangi Oʻzbekistonning ulkan imkoniyatlarini yaqqol namoyon etadi. Ziyoratgoh xalqimiz uchun, jahondagi barcha musulmonlar uchun ezgulik va maʼrifat nurini taratadigan qutlugʻ maskanga aylanadi deb ishonaman. Aminmanki, bu dargohni ziyorat qilib, uning maʼnaviy muhitidan bahramand boʻlgan inson, ayniqsa, yoshlar islom dinining asl maʼnosini anglab yetadi, toʻgʻri yoʻldan adashmaydi, – dedi Prezidentimiz.
Shuning uchun ham Imom Buxoriy majmuasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni keng yoʻlga qoʻyish, uni chinakam tarbiya va ibrat maktabiga aylantirish, bu yerda imom-xatiblar, mahalla faollari uchun malaka oshirish dasturlarini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Bu yerdagi barcha ishlar yakuniga yetganini hisobga olib, yangi qurilgan muhtasham masjidda Hayit namozini ado etish taklif qilindi, bu moʻmin-musulmonlarimiz, butun el-yurtimizning koʻnglidagi ish, xalqimizga munosib Ramazon sovgʻasi boʻlishi taʼkidlandi.
Shuning bilan davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Powered by Froala Editor