Estoniya bosh vaziri Rossiyada qidirilmoqda
Siyosat
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, Estoniya bosh vaziri Kay Kallas va Boltiqboʻyi davlatlarining bir qancha boshqa amaldorlari qidiruvga qoʻyilganiga tarixiy xotirani haqorat qilish va Rossiyaga nisbatan dushmanlik sifatida qabul qilingan xatti-harakatlar sabab boʻlgan.
Rossiya IIV maʼlumotlar bazasiga koʻra, Kallas xonimdan tashqari, Estoniya Davlat kotibi Taymar Peterkop, Litva madaniyat vaziri Simonas Kayris va Latviya parlamentining bir necha aʼzosi ham qidirilmoqda.
“Kommersant” nashrining yozishicha, jinoiy ish Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinmoqda.
“Kommersant” nashrining yozishicha, jinoiy ish Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinmoqda.
Powered by Froala Editor