Farg‘ona oliy ta’lim muassasalari Germaniya bilan strategik hamkorlikni kuchaytirmoqda

O'zbekiston

Germaniyaga amalga oshirilgan amaliy tashrif doirasida Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari xalqaro hamkorlik yo‘nalishida bir qator muhim kelishuvlarga erishdi. Bu tashrif Germaniya bilan ta’lim, fan va tibbiyot sohasidagi uzoq muddatli strategik aloqalarga zamin yaratmoqda.

Farg‘ona oliy ta’lim muassasalari Germaniya bilan strategik hamkorlikni kuchaytirmoqda
Farg‘ona davlat universiteti Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashinuv dasturlari va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Ushbu hamkorlik xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlash va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti Germaniyaning MetCare24 GmbH kompaniyasi va Germany Medical Institute bilan qiymati 5 million yevroga teng shartnoma imzoladi. Ushbu hamkorlik doirasida shifokor va tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash, bemorlarni Germaniya standartlari asosida davolash, klinik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbuslar Farg‘ona viloyatida tibbiyot sohasini modernizatsiya qilish, aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing