FIA delegatsiyasi Toshkentdagi Yagona operativ boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi
O'zbekiston
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad Ben Sulayem boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahar IIBBning Yagona operativ-qidiruv boshqaruv markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov qabul qilib, markazning faoliyati va texnik imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Delegatsiyaga yo‘l harakatini monitoring qilish tizimlari, xavfli vaziyatlarni erta aniqlash mexanizmlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkor javob berish imkoniyatlari namoyish etildi. Markazning raqamli texnologiyalardan yo‘l xavfsizligini oshirishda qanday foydalanayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda FIA vakillari va tegishli tashkilotlar rahbarlari avtosport tadbirlarini yanada xavfsiz o‘tkazish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro xavfsizlik standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va FIA o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Powered by Froala Editor