FIFA jahon chempionatini 64 ta terma jamoagacha kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda

Sport

FIFA futbol bo‘yicha jahon chempionatining formatini yana o‘zgartirishi mumkin. 2026-yilgi turnir yakunlangach, final bosqichi ishtirokchilari sonini 64 ta milliy terma jamoagacha oshirish masalasi muhokama qilinadi.

FIFA jahon chempionatini 64 ta terma jamoagacha kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda
FIFA prezidenti Janni Infantino mazkur masala jahon chempionati finali 19-iyul kuni yakunlangandan so‘ng ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, jahon futbolini rivojlantirishda nafaqat Yevropa va Janubiy Amerika, balki barcha qit’alar manfaatlari ham inobatga olinishi lozim.

Infantino jahon chempionatida ishtirok etish kichik davlatlar futbolini rivojlantirish uchun muhim rag‘bat ekanini qayd etdi. Uning fikricha, mundialda qatnashish imkoniyati milliy federatsiyalarni infratuzilma va futbolchilar tayyorlashga ko‘proq sarmoya kiritishga undaydi.

FIFA rahbari 2026-yilda ilk bor qo‘llangan 48 jamoali formatni ham muvaffaqiyatli deb baholadi. Uning aytishicha, barcha konfederatsiyalar vakillari gol urishga va ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Aynan kvotalar kengaytirilgani tufayli 2026-yilgi jahon chempionatida ilk bor Kabo-Verde, Kyurasao, Iordaniya va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing