FIFA JCH–2026 o‘yinlarini tekshirib, natijalarga ta'sir ko‘rsatish holatlarini tasdiqlamadi

Sport

FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda kelishilgan o‘yinlar tasdiqlanmaganini ma'lum qildi. Tahlil turnirning barcha 104 uchrashuvi hamda tikishlar va natijalarga ta'sir ko‘rsatishga oid ehtimoliy holatlarni qamrab oldi.

FIFA JCH–2026 o‘yinlarini tekshirib, natijalarga ta'sir ko‘rsatish holatlarini tasdiqlamadi
SBC News xabariga ko‘ra, Sport musobaqalari halolligini monitoring qilish guruhi barcha uchrashuvlar va ehtimoliy qoidabuzarliklar yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Yevropa Kengashi huzuridagi Kopengagen guruhi avval ehtimoliy manipulyatsiyaning yetti holatini qayd etgan bo‘lsa-da, yakuniy tekshiruv kelishilgan o‘yinlarni tasdiqlamadi.

Monitoring doirasida 15 ta uchrashuv kuchaytirilgan nazorat ostida bo‘ldi, yana 12 ta bahsli epizod sport halolligi nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Ular orasida JAR terma jamoasi futbolchisi Temba Zvanening Meksikaga qarshi ochilish uchrashuvidagi chetlatilishi hamda Ispaniya va Kabo-Verde o‘rtasidagi o‘yinga durang natija bo‘yicha tikishlar ham bor edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing