FIFA Rossiya jamoalarining xalqaro turnirlarga qaytishini ko‘rib chiqadi
Sport
Xalqaro futbol federatsiyasi Rossiya Olimpiya qo‘mitasining huquqlarini vaqtincha tiklash bo‘yicha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi qaroridan so‘ng Rossiya jamoalarining xalqaro turnirlardagi ishtirokiga qo‘yilgan taqiqni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
FIFA Sky News’ga tashkilot XOQ qarorini tahlil qilishi va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda keyingi qadamlarni belgilashini ma’lum qildi.
FIFA prezidenti Janni Infantino avvalroq Rossiya jamoalarini xalqaro musobaqalarga qaytarish masalasini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, amaldagi taqiq kutilgan natijani bermadi va faqat norozilik hamda keskinlikni kuchaytirdi.
Cheklovlarni yumshatish yo‘lidagi dastlabki qadamlardan biri sifatida Rossiyaning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasiga oktabr oyida Ozarbayjonda o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat berildi.
Rossiya jamoalari 2022 yildan buyon xalqaro futbol musobaqalaridan chetlatilgan. XOQning yangi qarori futboldagi cheklovlarni ham qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor