Finlyandiya prezidenti: Si Szinpinning bir qo‘ng‘irog‘i Ukraina inqirozini hal qiladi
Siyosat
Aleksandr Stubb Ukrainadagi harbiy mojaroni bitta telefon qo'ng'irog'i bilan qanday hal qilish mumkinligini aytib berdi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga birgina qo‘ng‘iroq qilish bilan Ukrainadagi qurolli mojaroga barham berishi mumkin. Bu haqda Finlyandiya rahbari Aleksandr Stubb ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
Stubbning fikricha, Rossiya hozirgi paytda Xitoyga bog'liq, shuning uchun uning fikriga ko'ra, agar Pekin mojaroni tinch yo'l bilan hal qilishga chaqirsa, Moskva bunga ko’nadi.
"XXR raisi Si Szinpinning bitta telefon qo'ng'irog'i bu inqirozni hal qiladi", ― dedi Finlyandiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2-iyul kuni Kiyevda Ukraina va Vengriya yetakchilari Vladimir Zelenskiy va Viktor Orban o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetdi. Uchrashuv davomida janob Orban janob Zelenskiydan Rossiya bilan tinchlik muzokaralari oldidan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radi. Ukraina prezidenti bunga ochiqchasiga munosabat bildirmadi.

Powered by Froala Editor