Fitso: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi siyosatda xavfli chegaraga yaqinlashmoqda

Dunyo

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan siyosatini tanqid qilib, Bryussel bu yo‘lda “jar yoqasigacha borishga” tayyor ekanini aytdi.

Fitso: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi siyosatda xavfli chegaraga yaqinlashmoqda
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi siyosatda haddan oshib ketish xavfi borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YIning tashqi siyosatida bugun pragmatizm emas, balki Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat ustunlik qilmoqda.

Facebook’dagi video murojaatida Fitso Ukraina uchun ajratilgan harbiy kreditlar va boshqa yordamlarni hisobga olganda, umumiy summa qariyb 280 milliard yevroga yetganini eslatdi. Shuningdek, u Rossiya aktivlarining muzlatilishi va sanksiyalar paketlariga e’tibor qaratib, bu qarorlar Bryusselda alohida davlatlar manfaatlarini ifodalovchi amaldorlar tomonidan qabul qilinayotganini bildirdi.

Avvalroq Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini musodara qilishdan vaqtincha voz kechdi, biroq Ukraina uchun 90 milliard yevrolik kredit ajratishga kelishib oldi.

Rossiya rasmiylari esa mamlakat sanksiyalarga moslashganini va cheklovlarga qaramay iqtisodiyot barqarorligini saqlab qolayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Moskva, shuningdek, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazayotganini qayd etib kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing