Fon der Lyayen YeI 800 mlrd yevroga qayta qurollantirishni e’lon qildi

Siyosat

Yevropa Ittifoqining navbatdan tashqari sammiti oldidan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropani 800 milliard yevroga qayta qurollantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejani taklif qildi.

Fon der Lyayen YeI 800 mlrd yevroga qayta qurollantirishni e’lon qildi
Tashabbusga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar mudofaa ehtiyojlari uchun 800 milliard yevrogacha mablag‘ ajratishi kerak bo‘ladi. Bu qadam AQShning Ukrainaga harbiy yordami to‘xtatilgani va xavfsizlikka tobora kuchayib borayotgan tahdidlarga javob bo‘ldi.

Umumiy summadan 650 milliard yevroni milliy byudjetlardan ajratish, yana 150 milliard yevroni havo hujumidan mudofaa vositalari va qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish uchun kreditlar ko‘rinishida jalb qilish rejalashtirilgan. Buning uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlarga mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning qo‘shimcha 1,5 foiziga oshirish imkonini berish orqali fiskal qoidalarni yumshatishi mumkin.

Biroq reja qarshilikka uchrashi mumkin: Vengriya va Slovakiya yangi harbiy majburiyatlarga veto qo‘yish bilan tahdid qildi.

Mudofaani moliyalashtirish masalasi 6 mart kuni YeI sammitida asosiy mavzuga aylanadi, NATO xarajatlarining yangi darajasi bo‘yicha yakuniy qaror iyun oyida qabul qilinishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing