Forbes jurnali: Uzum O'zbekistondagi birinchi "yakkashoh" bo'ldi

O'zbekiston

Forbes jurnali IT dunyosidagi muhim voqea haqida ma’lum qildi: Jasur Jumayev va hamkorlari tomonidan asos solingan O'zbekistonning Uzum raqamli servislar ekotizimi $100 milliondan ortiq sarmoya jalb qildi.

Forbes jurnali: Uzum O'zbekistondagi birinchi "yakkashoh" bo'ldi
Investitsiyalar miqdori kishini hayratga soladi: kompaniya kapitalida $50 million va kredit shaklida $50 million. Bosh investor FinSight Ventures hisoblanadi. Qolaversa, Hindistondan Xanara Investment Management va Uzum’ning bir qator top-menejerlari raundda ishtirok etishdi. Bitim yakunlari bo'yicha kompaniyaning bahosi $1,1 milliardga yetdi va Uzum O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” – milliard dollarga baholangan startapga aylandi.

Uzum nafaqat jadal o'sish, balki kelajak uchun ulkan rejalarni ham namoyish etmoqda. Kompaniya quyidagilarni rejalashtirmoqda:


Mamlakatdagi eng yirik logistika majmuasini qurish: 2024-yilning o’zida 112 ming kv. m. Maydonni tashkil etish rejalashtirilmoqda, ikki yil ichida esa ombor sig’imini 500 ming kv. m ga oshiriladi;

Buyurtmalarni qabul qilish punktlari sonini uch baravar oshirish: mamlakatning 10 000 dan ortiq aholisi bo'lgan barcha aholi punktlarini qamrab olish;

Yangi raqamli xizmatlarni ishga tushirish: ham biznes, ham xususiy foydalanuvchilar uchun, shuningdek bo'lib to'lash xizmatini moliyalashtirish;

2026-yilda IPO o'tkazish: Toshkent birjasida va/yoki Abu-Dabi birjasida, G'arb bozorlarida parallel takliflar bilan.

Bugunning o’zida Uzum bir qator muhim yo'nalishlarda yetakchi hisoblanadi:

Oylik auditoriya: 10 million kishi;

2023-yilda sof foyda: 100 million dollar;

Foyda bo'yicha yetakchi: chakana bank va FinTech bloki;

Eng yirik onlayn platforma: $150 millionga yaqin daromadga ega elektron tijorat;

Uzum internet xizmati: O'zbekistonda yuklab olishlar soni bo'yicha TOP-3 talikka kiradi;

Uzum Nasiya bo'lib to'lash xizmati: 2023-yilda 1,3 million xarid;

Xodimlar: 10 000 kishi, ulardan 1 000 tasi dasturchilar.


Uzumning muvaffaqiyati bir qator omillarga bog'liq:

Yosh aholi: mamlakat aholisining 60% dan ortig'i 30 yoshdan kichik;

Internetga kirishning faol o'sishi: 2026-yilga kelib 32 million foydalanuvchi;

O‘zbekiston MDHda 5G tarmog‘iga ega birinchi davlatdir.

Fintech rivojlanishi uchun yuqori salohiyat: 2021-yilda o‘zbekistonliklarning atigi 44% bank hisob raqamlariga ega bo'lgan.

Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash: iqtisodiyot, IT va elektron tijorat.

Uzum shunchaki kompaniya emas, bu O‘zbekistonda IT taraqqiyotining yangi bosqichi ramzidir. Uzum mamlakatning birinchi "yakkashoxi" bo'lib, dunyoga O'zbekiston bozorining ulkan salohiyatini namoyish etdi va elektron tijorat hamda FinTech sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing