Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bilan tasdiqlangan zararlanishlar soni 10 mingdan oşdi

Dunyo

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bilan tasdiqlangan zararlanishlar soni 10 mingdan oşdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi epidemiya avvalgilariga qaraganda tezroq tarqalmoqda va mamlakat tarixidagi eng halokatli epidemiyaga aylandi. Tasdiqlangan 10 060 ta holatning deyarli yarmi ölim bilan yakunlangan, deb xabar berdi Associated Press seshanba kuni e’lon qilingan hukumat ma’lumotlariga tayanib.

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bilan tasdiqlangan zararlanishlar soni 10 mingdan oşdi
May oyida e’lon qilingan epidemiyaga kam uchraydigan Bundibugyo штамми sabab bo‘lmoqda. Unga qarshi tasdiqlangan vaksina ham, sinalgan davolash usuli ham yo‘q. Qurolli to‘qnashuvlar, buzilgan yo‘llar va mahalliy aholining hujumlari tezkor guruhlar ishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ishonchsizlik va mish-mishlar dushmanona munosabatni kuchaytiradi: odamlar alomatlar haqida xabar bermasligi yoki yordamga kech murojaat qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, zo‘ravonlik va takroriy epidemiyalar yillar davomida davom etayotgan hududlarda muhim muammo.

Kasallikni kech aniqlash ham jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab holatlar kasallik uzoq davom etganidan yoki bemorlar safar qilganidan keyingina tasdiqlanadi, bu virus yuqishini kuzatishni qiyinlashtiradi. Yangi zararlanishlarning qariyb 80 foizi sog‘liqni saqlash xizmatlari kuzatuv ro‘yxatida bo‘lmagan odamlarga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, yuqish zanjirlarining bir qismi aniqlanmay qolmoqda va virus qayd etilgan guruhlardan tashqarida tarqalmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, virus Kongo Demokratik Respublikasining sakkiz provinsiyasidagi 66 tibbiy hududga yetib borgan. May oyida epidemiya ilk bor aniqlanganida bunday hududlar atigi uchtani tashkil etgan. Tarqalish hududining kengayishi tibbiyot tizimiga bosimni oshirib, mutaxassislar ishini murakkablashtirmoqda.

Tezkor xizmatlar ayrim hududlardagi davolash markazlari bemorlar bilan to‘lib ketganini bildirmoqda. Aholi bu markazlarga hanuz ehtiyotkorlik bilan qaraydi, ba’zan esa ochiq qarshilik ko‘rsatadi. Maoshlar kechikishi yoki to‘lanmasligiga qarshi tibbiyot xodimlarining muntazam ish tashlashlari ham vaziyatni qiyinlashtirmoqda.

Kech tashxis, aholining ishonchsizligi, hududlarga yetib borishdagi muammolar va resurslar tanqisligi epidemiyani jilovlashga xalaqit bermoqda. Yangi holatlarning aksariyati kuzatuv ro‘yxatidan tashqaridagi odamlarga to‘g‘ri kelar ekan, aloqada bo‘lganlarni aniqlash va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing