Fransiya Maskni X platformasi bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi

Dunyo

Fransiya prokuraturasi ijtimoiy tarmoq X faoliyati bo‘yicha tergov doirasida Ilon Maskni so‘roqqa chaqirdi. Tergov platforma algoritmlari xorijiy aralashuv uchun ishlatilgan-ishlatilmaganini va xizmat mamlakat qonunchiligiga mos kelishini tekshirmoqda.

Fransiya Maskni X platformasi bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, milliarder Ilon Mask va X bosh direktori Linda Yakkarino 2026 yil 20 aprel kuni so‘roqqa chaqirilgan. 2025 yil yanvarida boshlangan tergov Fransiya parlamenti deputati va yuqori martabali amaldorning shikoyatlariga asoslangan. Ular platforma algoritmlari xorijiy manfaatlar uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Idora tekshiruv “konstruktiv xarakterga ega” ekanini va xizmat mamlakat hududida ishlayotgan qismida Fransiya qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashga qaratilganini ma’lum qildi.

20–24 aprel kunlari platforma xodimlari ham guvoh sifatida so‘roqqa chaqiriladi. Shu kunlarda X France ofislarida tintuvlar o‘tkazilmoqda. Kompaniyaning Fransiyadagi bo‘linmasi jamoatchilik bilan aloqalar bilan shug‘ullanadi, yuridik shaxs esa Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan.

Tintuvlar fonida Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya hukumatini tanqid qildi. U X tarmog‘idagi postida mamlakat “odamlarga ozgina bo‘lsa ham erkinlik beradigan barcha ijtimoiy tarmoqlarni jinoiy ta’qib qilmoqda”, deb yozdi va Telegram, X hamda TikTokni tilga oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing