Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Dunyo

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq Yevrokomissar va tashqi ishlar vaziri Mishel Barnyeni yangi bosh vazir etib tayinladi. Bu haqda Elizey saroyining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
Mishel Barnyega mamlakat va xalq manfaati yo‘lida ishlaydigan yagona hukumat tuzish vazifasi yuklatildi. Bu tayinlov Fransiyada siyosiy birlashish va barqarorlikka qaratilgan muhim qadam sifatida qaralmoqda.

Barnye ilgari Fransiyaning yevropa integratsiyasi jarayonidagi asosiy shaxslardan biri bo‘lib, endilikda u davlat siyosatida muhim rol o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing