Fransuz deputati ozodlik haykalini qaytarishni talab qildi: siz unga loyiq emassiz
Dunyo
Fransiyalik deputat Rafael Glyuksmann kutilmagan taklif bilan chiqdi - Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish. Siyosatchining aytishicha, AQSH ushbu sovg‘a taqdim etilgan qadriyatlarni yo‘qotgan.
Fransiya parlamenti deputati Rafael Glyuksmann AQShdan qariyb 140 yil avval Fransiya tomonidan sovg‘a qilingan mashhur Ozodlik haykalini qaytarishni talab qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika endi erkinlik va demokratiya ideallarini o‘zida mujassam etmaydi, shuning uchun bu ramzni saqlab qolishga loyiq emas.
Biz uni sizga sovg‘a qildik, lekin siz undan nafratlanasiz. Shuning uchun bu yerda, uyda u xavfsiz bo‘ladi," - dedi siyosatchi.
Glyuksmann ayniqsa prezident Donald Trampning siyosatiga keskin munosabat bildirib, AQSH "zolimlar"ni qo‘llab-quvvatlashi, ilm-fan erkinligini cheklashi va ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirayotganini aytdi. Uning fikricha, haykal poydevoridagi "Menga charchog‘ingni, qashshoqligingni ber..." degan yozuv endi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bundan tashqari, deputat Amerika prezidentining Ilon Mask bilan yaqin aloqalarini tanqid qildi. Uning qayd etishicha, Fransiyaning o‘ta o‘ng siyosatchilari Tramp va Tesla rahbarining "fan-klubi"ga aylangan, AQShda esa kompaniyaga qarshi namoyishchilarni "ichki terrorchilar" deb atashmoqda.
Glyuksmanning bayonoti qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Garchi uning taklifi amalga oshmasa-da, bu AQSH o‘zi e’lon qilgan ideallarga qanchalik mos kelishi masalasini yana bir bor jiddiylashtirdi.

Powered by Froala Editor