Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 oldidan Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi

Sport

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻtkazadigan yana bir oʻrtoqlik uchrashuvidagi raqibi aniq boʻldi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 oldidan Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, Timur Kapadze shogirdlari boʻlajak musobaqa oldidan Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.

Oʻyin 18-iyul kuni Nitsa shahrida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, bungacha jamoamizning 7 va 10-iyun kunlari Toshkentda Mali bilan 2 ta oʻrtoqlik bahsini oʻtkazishi maʼlum qilingan edi.

Avval xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi Markaziy Osiyo litsenzion turniri start oldi. Eslatib oʻtamiz, 19-mayga qadar davom etadigan musobaqada 5 mamlakatdan 18 nafar sportchi gʻoliblik uchun kurash olib boradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing