Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida BMB jamoasi g’olib bo’ldi
Sport
Futzal Oliy ligasida mavsumning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Oxirgi turda BMB jamoasi Jizzax Kenteksni 7:0 hisobida yengib, Oliy ligada chempionlikni qo‘lga kiritdi.
OKMK jamoasi qatorasiga uchinchi bor kumush medaliga ega chiqdi. Amaldagi chempion Jizzax Kenteks esa mavsumni 3-pog‘onada yakunladi.
Yil davomida 51 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan OKMK a’zosi Abdulla Solihov mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. BMB bosh murabbiyi Nodir Eliboyev eng yaxshi murabbiy, jamoa hujumchisi Muzaffar Ahadjonov esa Oliy liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi futzalchisi deb topildi.
Ma’lumot o’rnida: BMB futbol jamoasi BMB Trade Group kompaniyasi ta’sischiligida tashkillashtirilgan. Klub 2022-yil O‘zbekiston futzal chempionati 1-liga musobaqalari chempioni bo‘ldi va Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
2022-yilning aprel oyida BMB Football Club O‘zbekiston futzal klublari orasida birinchilardan bo‘lib braziliyalik futzalchi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik avgust oyida klubga murabbiy va yana ikki braziliyalik futzalchi taklif etilgan.

Powered by Froala Editor