G‘alabaga 7,97 metr: Anvar Anvarov Finlyandiyada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Anvar Anvarov Finlyandiyada o‘tkazilgan uzunlikka sakrash bo‘yicha xalqaro turnirda g‘olib chiqib, xalqaro maydonda yuqori natija qayd etdi.

G‘alabaga 7,97 metr: Anvar Anvarov Finlyandiyada oltin medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Jahon yengil atletika assotsiatsiyasi taqvimiga kiritilgan bronza darajasidagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Turnir Finlyandiyaning Joensuu shahrida bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash bahslarida Anvarov 7,97 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Finlyandiyalik Kalle Salminen 7,80 metr natija bilan kumush, uning hamyurti Kasper Vehmaa esa 7,64 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Anvar Anvarovning g‘alabasi O‘zbekiston terma jamoasiga xalqaro yengil atletika maydonida navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing