Gavayida dahshatli yongʻinlar sodir boʻlmoqda. 101 kishi halok boʻlgan
Dunyo
AQSHning Gavayi shtatida kuzatilayotgan yongʻinlar oqibatida qurbon boʻlganlar soni 100 dan oshdi. Bayden tabiiy ofat haqida federal deklaratsiya e'lon qilgan. Qancha odam bedarak yoʻqolgani nomaʼlum. Yongʻinni mutaxassislar soʻnggi bir asrdagi eng dahshatlisi deb baholamoqda.
Bir necha kundan beri davom etayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining Gavayi shtatida joylashgan Maui orolidagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 101 kishiga yetdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Kecha, 15-avgust kuni eʼlon qillingan maʼlumotlarga koʻra, qidiruvlar hududning taxminan 32 foizini qamrab olgan. Shu hafta boshida gubernator qurbonlar soni sezilarli darajada oshishi mumkinligini aytdi.
Gubernator Josh Grinning CNN telekanaliga bergan intervyusida ayrim marhumlarning jasadlari Mauining g‘arbiy qismidagi Laxayna hududida ochiq joylarda, mashinalarda yoki suvda topilganini aytdi. Qidiruvga tobora ko‘proq odamlar va maxsus o‘qitilgan itlar jalb etilgan.
Grinning so‘zlariga ko‘ra, qisman aloqa yo‘qligi sababli qancha odam bedarak yo‘qolganligi noma’lum.
“Ko‘pchilik qochib, bor narsasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ularning telefonlari yo‘q — telefonlar yonib ketgan”, dedi u.
Maui politsiyasi boshlig‘i Jon Pelletye dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hafta oxirigacha tekshiruvlar yongʻin boʻlayotgan hududning 85-90 foizini qamrab olishiga umid qilayotganini bildirdi.
Qidiruv guruhlari yonib ketgan uylar, savdo binolari va tarixiy obidalar orasida tekshiruvlar oʻtkazmoqda.
Milliy yong‘indan himoya qilish assosiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mauidagi o‘rmon yong‘inlari AQSHda bir asrdan ortiq vaqt ichida kuzatilgan eng halokatli yong‘inga deya qayd etildi.
Rasmiylarga ko'ra, Maui orolidagi shifoxonalar kuyish va tutundan nafas olish qurbonlari bilan to'lib ketgan. AQSh Prezidenti Jo Bayden tabiiy ofat haqida federal deklaratsiya e'lon qildi. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum, mahalliy hokimiyat organlari tergov ishlarini boshlab yuborgan. Tabiiy ofat ko‘lamini qurg‘oqchilik va qirg‘oqdan kelgan kuchli shamollar yanada kuchaytirmoqda. Ba'zi shamollarning tezligi soatiga 130 km ga yetdi, bu olovning ba'zan daqiqada bir yarim kilometr tezlikda tarqalishiga olib keladi.

Powered by Froala Editor