Germaniya armiyasi yangi razvedka kemalarini qurish uchun shartnoma imzoladi

Dunyo

Germaniya armiyasi yangi razvedka kemalarini qurish bo‘yicha milliardlab yevrolik shartnoma imzoladi. Bundesver bu kemalarni "Flottendienstboot klassi 424" deb atadi. Ushbu murakkab atama kelajakdagi Germaniya harbiy-dengiz floti uchun muhim o‘rin tutadi. Germaniya 2029-yilga qadar uchta ayg'oqchi kemani xizmatga kiritishni rejalashtirmoqda.

Germaniya armiyasi yangi razvedka kemalarini qurish uchun shartnoma imzoladi
25-fevral kuni Meklenburg-Oldin Pomeraniyada joylashgan "Pene" kemasozlik zavodida ushbu kemalarning birinchisini qurish rasman boshlandi.

Taxminan 130 metr uzunlikka ega bo‘lgan ushbu kemalar razvedka maqsadlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilg‘or kuzatuv sensorlari, ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish tizimlari bilan jihozlangan. Ular jahon okeanida Germaniya floti uchun “ko‘z va quloq” vazifasini bajaradi.

Yangi turdagi kemalar bir yilgacha portga qaytmasdan dengizda qolishi mumkin. Ular ochiq dengizda yonilg‘i quyish va zahiralarni to‘ldirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, kemalarda vertolyotlar uchun qo‘nish maydoni bo‘lib, dronlarni qabul qilish imkoniyati ham mavjud.

Kema qurilishi bo‘yicha bir necha milliard yevrolik shartnoma Naval Vessels Lürssen Group kompaniyasiga topshirildi. Loyihada bir nechta Shimoliy Germaniya kemasozlik zavodlari ishtirok etmoqda, "Pene" zavodida esa birinchi kema burun qismi qurilmoqda.

Volgast shahrida Bundesver Bosh inspektorining o‘rinbosari general-leytenant Andreas Xoppe loyihani iloji boricha tezroq amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boltiq dengizidagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda.

Har bir kemada 100 nafar harbiy xizmatchi xizmat qiladi, ulardan yarmi dengiz floti harbiylari, qolgan yarmi esa "Kiber makon va axborot tizimlari" bo‘linmasiga tegishli bo‘ladi.

Yangi razvedka kemalari 30 yildan ortiq xizmat qilgan va eskirgan "Oste" sinfidagi kemalarni almashtiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing